ru en uz

XODIMLARNI BAHOLASH TIZIMI JORIY ETILDI


UzLITI Engineering’da xodimlarni baholash tizimini (KPI) joriy qilish boshlandi. Bu xodimlarning kasbiy, ta’lim va shaxsiy darajasi tashkilotning ishlab chiqarish vazifalari va ijtimoiy-iqtisodiy missiyalariga mos kelishini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq.


UzLITI Engineering yirik sanoat obyektlarini loyihalash bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni hal etuvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun malakali mutaxassislar taklif etilib, eng zamonaviy dasturiy ta’minot va ishlab chiqarish o‘zaro hamkorligining eng samarali shakllari joriy etilmoqda. Shu munosabat bilan xodimlarning kasbiy kompetentsiyaga ega bo‘lish darajasi va ular tomonidan jamoa oldida turgan maqsad va vazifalarning anglab yetilishi har qachongidan ham muhimroqdir.

Agar kompaniya xodimlarini baholash haqida gapiradigan bo‘lsak, bu barcha darajadagi xodimlarning ishchanlik fazilatlari va ma’lum vaqt davridagi mehnat natijalarini har tomonlama ball-omilli baholashdan iborat bo‘lgan, ularning ishlariga hulosa qilishdir. U samaradorlikni baholash mezonlariga (KPI) — joriy faoliyat va belgilangan vazifalarning muvaffaqiyatini ko‘rsatadigan parametrlarga, shuningdek, vazn koeffitsientlariga — mezonlarning tashkilot uchun ahamiyati ko‘rsatkichlariga asoslanadi.


Xodimlar samaradorligi natijalari avtomatlashtirilgan ERP tizimida yaratilgan har bir mutaxassisning profilida aks etadi. Har oy mas’ul shaxslar o‘z qo‘l ostidagi xodimlarning profillarini ish sifati, tashabbuskorligi va mustaqilligi, universalligi va ko‘p vazifaliligi, mehnat intizomi va rahbariyatdan shikoyatlar yo‘qligi haqidagi ma’lum vazn koeffitsientlari bo‘yicha to‘ldirib boradilar. Shu bilan birga, har bir mutaxassis o‘z natijalarini ko‘rishi va sharhlar qoldirishi mumkin.


Aytish joizki, bu tizim nafaqat oddiy xodimlarga, balki barcha darajadagi rahbarlarga ham ta’sir qiladi. Baholash natijalariga ko‘ra uning natijalari mas’ul shaxslarning fikrlarini hisobga olish va amalga oshirish uchun kadrlar bo‘limiga yuboriladi.


Ushbu tizimning joriy etilishi sezilarli natijalar berishi va butun UzLITI Engineering jamoasi faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz!