ru en uz

HAR YILGI ATTESTATSIYA BOSHLANDI


«UzLITI Engineering»da yilda bir bo‘ladigan attestatsiya o‘tkazilmoqda. Loyiha markazi rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbir xodimlarning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan.



— Attestatsiya oktabrdan dekabrgacha davom etadi, — deydi kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis Shaxnoza Umarova. — Bizda har bir mutaxassisning ishlab chiqarish faoliyatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilgan va ishlab turibdi. Tizim orqali xodimlarning KPI oltita mezon asosida baholanadi. Har bir mezon o‘z vazniga ega, bu har bir mutaxassisning samaradorlik darajasini yanada xolis aniqlash imkonini beradi.


Ta’kidlash joizki, «UzLITI Engineering» kompaniyasining barcha xodimlari o‘zlarining KPI darajasini kuzatib borish imkoniyatiga ega va o‘z ishining qaysi jihatlarida ishchanlik va samaradorlikni oshirish zarurligini bilishadi. Bevosita attestatsiya jarayonining o‘zi maksimal darajada individuallashtirilgan — har bir xodim o‘zining shaxsiy keysini olib, undagi savollarga belgilangan kunda yozma ravishda javob berishi kerak.



Jarayon tugaganidan so‘ng, direktor o‘rinbosarlari, bosh muhandislar, LBAlari va bo‘lim boshliqlaridan iborat attestatsiya komissiyasi mutaxassisning kelgusidagi martaba ko‘tarilishiga ta’sir qiluvchi o‘z hukmini chiqaradi.