ru en uz

«SAMARKAND MARATHON»NI ZABT ETISHDI


Dam olish kunlari O‘zbekistonning eng go‘zal shaharlaridan biri Samarqandda har yili o‘tkaziladigan xalqaro xayriya marafoni — «Samarkand Marathon» bo‘lib o‘tdi.


An’anaga ko‘ra, ushbu tadbir har yili muayyan xayriya missiyasini amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Bu yil poygadan tushgan barcha mablag‘lar bolalar sport maydonchalarini qurishga yo‘naltiriladi.


Marafon dasturiga 2, 5 va 10 km, 42,2 km (marafon) va 21,1 km (yarim marafon) masofalaridagi poygalar, shuningdek, «KIDS RUN» distantsiyasida bolalar poygalari kiritilgandi. Atletlar Registon maydonidan yugurishni boshlab, yana shu yerdagi marragacha kelishdi, trassaning o‘zi esa Samarqandning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi. Bu esa barcha ishtirokchilarga shaharning diqqatga sazovor joylari — qadimiy madrasa va minoralar ko‘rinishidan bahramand bo‘lish imkonini berdi. Bunga ajoyib ob-havo ham yordam berdi.


— Beshinchi marotaba o‘tkazilgan xalqaro poygada UzLITI Engineering kompaniyasining 18 nafar (13 nafar erkak va 5 nafar ayol) xodimi ishtirok etdi, — deydi kompaniya sport bo‘limi boshlig‘i Vasiliy Pats. — Yigitlarimiz to‘rt masofaga — 2, 5, 10 va 21 kilometrga yugurishdi. Ular orasida eng yuqori natijani Aleksey Korniyenko ko‘rsatdi — 10 km masofada 38-chi bo‘lib keldi. Xuddi shu distantsiyada ayollar o‘rtasida Olesya Nemtsova 48-o‘rinni egallagan bo‘lsa, yarim marafonda Nikolay Volkov 43-chi bo‘ldi. Marafonda dunyoning 43 davlatidan uch mingdan ortiq kishi yugurganini hisobga olsak, bizning natijalarimiz yomon emas.



Shuni ham ta’kidlash joizki, Nikolay Volkov masofaning ma’lum bir qismidagi o‘rta va uzoq yugurish distantsiyalarida yetakchilik qiluvchi va temp beruvchi peysmeyker-yuguruvchi sifatida harakat qildi.


Xulosa qiladigan bo‘lsak, «Samarkand Marathon»da ishtirok etish kompaniyamiz xodimlari orasida yaxshi an’anaga aylanganini va, albatta, kelajakda ham davom ettirilishini aytish o‘rinlidir!