ru en uz

UzLITI Engineering: Kompaniyaning birinchi dala ofisi

2022-yilning o‘rtalaridan kompaniyaning birinchi dala ofisida UzLITI Engineering kompaniyasi mutaxassislari ish boshladi.

Dala ofisi sharoitlarida ishlash bevosita qurilish maydonida yuzaga keladigan muammolarni hal qilishni tezlashtirishga qaratilgan bo‘lib, injiniring kompaniyasining mualliflik nazorati, Buyurtmachi va qurilish kompaniyasining texnik nazorati vakillari bilan birgalikda olib borilmoqda.

Bevosita maydonda ishlash loyiha xujjatlarini muvofiqlashtirish, jumladan, mavjud muammolarni joyida tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni darhol amalga oshirish imkonini beradi,

Xususan, ob’ektning qurilish maydonida yuzaga keluvchi masalalarni muhokama qilish, zarur hollarda loyiha yechimlarini soddalashtirish va ularni muvofiqlashtirish imkonini berishi mumkin. Bu me’yoriy standartlarga to‘liq rioya qilgan holda loyihani amalga oshirish jarayonlarini tezlashtiradi.

UzLITI Engineering kompaniyasining dala ofisi — bu qurilish jarayonida ob’ektni barpo qilish maydoni va loyiha ofisi o‘rtasidagi aloqalarni tezlashtirish, loyihani amalga oshirishda maksimal samaradorlikka erishish uchun xujjatlarni tuzatish, shuningdek qurilishdan so‘ng, UzLITI Engineering kompaniyasi loyihalovchilarining ishlari qanchalik aniq va to‘liq xajmda amalga oshirilganligini yuqori darajada aniqlik bilan tekshirish imkoniyatidir.