ru en uz

«Dengizko‘l konida 2-SKS qurilishi» loyihasi muvaffaqiyatli yakullandi

UzLITI Engineering kompaniyasi uchun yil yakuni Buxoro viloyatidagi Dengizko‘l konida siquv-kompressor stansiyasi (2-SKS) inshootlari majmuasi qurilishining yakunlanishi bilan ahamiyatli bo’ldi. Ushbu obyekt skvajinada mavjud gazni oxirigacha ishlab chiqarish davrida gazni tayyorlash va yetkazib berishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Loyihani amalga oshirish 2020-yilda boshlan bo’lib, institut mutaxassislari tomonidan loyihalashtirish ishlari boshlab yuborilgan edi. Obyektlar qurilisi esa Enter Engineering kompaniyasi tomonidan bajarildi. Natijada UzLITI Engineering «Dengizko‘l konida 2-SKS qurilishi» loyihasining to‘liq tsiklini ishlab chiqdi. Katta tajribaga ega bo‘lgan tor doira mutaxassislari kerakli asbob-uskunalarni tanlash va so‘rovnomalarni shakllantirish, quvur devorlarining qalinligi, diametrlar hisob-kitoblarini bajarish hamda jihozlar uchun texnik talablar yaratish, PFD.PID sxemalarini hamda qulflash va nazorat qilish armaturasi uchun qo’llanma ishlab chiqish bilan shug‘ullanishgan. Bundan tashqari, barcha uskunalar foydalanishga tayyorligi to‘g‘risida ro‘yxat shakllantirish, issiqlik izolyatsiyasi talablari va boshqalar bajarildi. 2-SKS tarkibiga quyidagi asosiy texnologik tizimlar kiradi: - stantsiya tizimi; - gazni siqish tizimi; - mavjud ehtiyojlar uchun gazni tozalash tizimi; - yoqilg‘i va bufer gazni tayyorlash tizimi; - moy ta’minoti tizimi; - Nazorat qiluvchi va o‘lchovchi asboblar havosini, impuls va ajratuvchi havoni tayyorlash va yetkazib berish tizimi; - inert gazni tayyorlash va uzatish tizimi; - suyuqlikni yig‘ish va tashish tizimi; - yonish tizimi. Bosqichma-bosqich tozalash jarayonida tabiiy gaz 164 °C ga qadar qizdiriladi, keyin esa sovutish tizimi yordamida maqbul 54 °C haroratga keltiriladi. Mazkur obyektga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar yuqori haroratdan himoya qiladigan maxsus kostyumlar va anjomlar bilan ta’minlangan. Ushbu majmua 25 yildan ortiq ishonchli xizmat qila oladi. 2-SKSning ishga tushirilishi kunlik gaz hajmini 6,5 million m3 ga oshirish imkonini berdi.