ru en uz

To‘siqlar osha yugurish musobaqasida qatnashdik!


UzLITI Engineering mutaxassislari turli sport tadbirlarida faol ishtirok etishda davom etmoqda. Bu safar ham 7 nafar xodimimiz «Amirsoy Mountain Resort» tog‘ — chang‘i kurorti hududida bo‘lib o‘tgan to‘siqlarga osha poygada o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar.


«BeFit Fitness and Wellness» MChJ tomonidan tashkil etilgan musobaqa turli masofalar hamda tabiiy va sun’iy to‘siqlarga ega bo‘lgan bir nechta toifalarga bo‘lingan. Yugurish yo‘lagi kurortning atrofida yaratilgan bo‘lib, u tepalik va qiyaliklardan iborat edi. Tashkilotchilar ushbu yo‘nalishni turli xil sun’iy konstruksiyalar (to‘siqlar) va mashqlarni bajarish punktlari (arqonda ko‘tarilish, og‘irliklarni ko‘tarish) bilan to‘ldirishdi. To‘siqlardan o‘tish uchun har bir ishtirokchida teng imkoniyatlar bor edi.


18 kilometrlik to‘siqlar osha va 5 kilometrlik SPRINT toifasida Anton Yatsevyuk (41-o‘rin), Mohd Atif (186-o‘rin), Makdoom Shahbaz (184-o‘rin), Akbota Jupkaliyeva (182-o‘rin), Rehman Hafizur (184-o‘rin) va Elina Nigmatullina (187-o‘rin) ishtirok etishdi.


ELITE toifasini tashkil etuvchi 25 ta to‘siq bilan 9 kilometrlik yo‘nalishda 41-o‘rinni egallagan Vasiliy Kononov ishtirok etdi. U musobaqa haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

— Tadbir yaxshi rejalashtirilgan edi, tashkilotchilar poyga yo‘lini a’lo darajada jiddiy munosabat bilan yaratishgan. Ushbu musobaqada ikkinchi marta ishtirok etishim, bu safar ham ulkan ijobiy energiya va zavq oldim. O‘tgan yili SPRINT toifasida yugurgandim, bu yili esa ELITE pog‘onasiga ko‘tardim va bundan afsuslanmadim. Barcha hamkasblarimga ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman, umid qilamanki, kelgusida UzLITI Engineering kompaniyasining ko‘pgina xodimlari bunday musobaqalarda ishtirok etadi.


Tadbir mukofotlash marosimi va taklif qilingan estrada yulduzlari konsert shousi bilan yakunlandi.