ru en uz

Stol tennisi bo‘yicha turnir


O‘tgan dam olish kunlari stol tennisi bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. 38 nafar erkak va 6 nafar ayol ishtirok etgan musobaqalar UzLITI Engineering sport qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.


Turnir davomida samimiy va do‘stona muhit hukm surgan bo‘lsa-da, ishtirokchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotganlarini unutishgani yoq. Stol tennisi raketka bilan o‘ynalsa ham, albatta aql bilan boshqariladi.


— O‘yinlar xodimlarni korporativ hayotga jalb qilish, jamoaviy ruhni va hamjihatlikni mustahkamlash uchun eng yaxshi platformadir, — deydi turnir g‘olibi Munir Ahmad Bilal. — Bunday musobaqalar muntazam ravishda o‘tkazilishi lozim, deb hisoblayman. Musobaqa mamnuniyat bilan ishtirok etdim va g‘alaba qozonganimdan juda xursandman!



Agar o‘yin jarayoni haqida gapiradigan bo‘lsak, unda ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib bellashdilar, g‘oliblar esa final bosqichida asosiy sovrinlar uchun kurashdilar. Turnir yakuniga ko‘ra, ayollar erishgan natijalar: Yekaterina Morozova (1-o‘rin), Ozlem Seydalioglu (2-o‘rin) va Elina Nigmatullina (3-o‘rin). Erkaklar orasida Munir Ahmad Bilal birinchi o‘rinni egalladi, Yevgeniy Karpenko va Sergey Timoşhenko mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi.



Sport UzLITI Engineering mutaxassislarining ishonchli do‘stiga aylandi va ularni yana ko‘plab qiziqarli turnirlar kutmoqda.