UzLITI Engineeringda korporativ ingliz tili kurslari o‘z ishini boshladi. Ularning tashkil etilishi xodimlarning kasbiy vakolatlari va shaxsiy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek kompaniya jamoasining ko‘p millatli muhitida kommunikatsiyani yaxshilash zarurati bilan bog‘liq edi.
— Til o‘rganishni uchta turli bosqichdagi guruhlarda tashkil etdik, ularda xodimlar noldan bilim olishlari va mavjud ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin, — deydi kadrlarni o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis Shaxnoza Umarova. — Mashg‘ulotlar uch oy davomida haftasiga uch marta ERIELL prof education korporativ o‘quv markazining tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. O‘quv semestr yakunida tinglovchilar imtihon topshiradilar, ularning natijalariga ko‘ra keyingi bosqichda o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.
Kurslar boshlanishidan oldin ma’lum tayyorgarlik ishlari olib borildi, uning davomida xodimlarning qiziqish darajasi o‘rganildi va o‘quv dasturi tuzildi.
— O‘tgan yilning oxirida biz istovchilarning dastlabki ro‘yxatini tuzdik, bu esa ularda ushbu kurslarga qiziqish yuqori ekanini ko‘rsatdi, — deydi Shahnoza Umarova. — To‘qsondan ortiq kishi kurslarda o‘qish istagini bildirishdi, biz ularni o‘z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, ikki potokka ajratdik — birinchisi o‘qishni hozirdan boshladi, ikkinchisi esa uch oydan keyin til o‘rganishni boshlaydi.
Elementary (boshlang‘ich) kursda o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tganlar orasida NO‘AvaA bo‘limi bosh mutaxassisi Dmitriy Smexov ham bor, u shunday dedi:
«Chet tillarini o‘zlashtirish nafaqat bugungi kunda moda, balki dolzarbdir. Ishonamanki, ingliz tilini o‘rganish menga hamkasblarim bilan muloqot qilish imkoniyatimni kengaytirishdan tortib, kelajakdagi martaba istiqbolimni oshirishgacha katta foyda keltiradi».