ru en uz

Afsonaviy shaxarda Start va Finish


Yaqinda bo‘lib o‘tgan BUKHARA NIGHT RACE xayriya xalqaro marafoni o‘z bayrog‘i ostida minglab sportchilar, havaskor yuguruvchilar va sport ixlosmandlarini to‘pladi. UzLITI Engineering kompaniyasi xodimlari ham ushbu muhim tadbirda ishtirok etdilar. Bu safar loyihalash markazining 24 nafar mutaxassisi xayriya marafoni ishtirokchisiga aylanish maqsadida O‘zbekistonning ajoyib shaharlaridan biriga etib keldi.



— Har yili o‘tkaziladigan BUKHARA NIGHT RACE musobaqasida ikkinchi marotaba ishtirok etishim, — dedi elektr ta‘minoti bo‘yicha bosh mutaxassis Anton Yatsevyuk. — Shuni ta‘kidlash joizki, bu yil tadbir yanada yaxshi tashkil etildi. Musobaqa Buxoro shahrining qadimiy qismida o‘tkazildi, start va finish nuqtalari shaharning eng mashhur va diqqatga sazovor joylaridan biri – Ark qal‘asi yaqinida bo‘ldi.



Marafonga xush ob-havo hamrohlik qildi — jazirama chekingan, havo yoqimli salqin edi va ozgina yomg‘ir ham yog‘ib o‘tdi, bu esa masofani osonroq bosib o‘tishga ko‘mak berdi. 10 kilometr yugurib, 78-o‘rinni egalladim. Bunday miqyosdagi tadbirda ishtirok etish imkoniyati uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. 



Barcha sportchilarimizni yugurish tadbirida muvaffaqiyatli ishtirok etgani bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda omad va g‘alabalar tilab qolamiz!