ru en uz

Yubiley munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi

Yubiley sanasi — UzLITI Engineering kompaniyasining 5 yilligi munosabati bilan korxonada shaxmat, stol tennisi, badminton kabi qator sport turlari bo’yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqada kompaniyaning 1230 dan ortiq kishi, jumladan, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Pokiston, Turkiya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlardan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etishdi.

Yubiley musobaqalari ajoyib va samarali taqrzda o’tdi. Muxlislar har bir omadsizlikdan xavotirlanib, g’alabali natijalardan chin dildan quvonishdi.