ru en uz

UZLE mutaxassislari Italiyaning barqaror shahar konsepsiyasi bilan tanishdi

Joriy yil 14-oktyabr kuni UzLITI Engineering mutaxassislari ishtirok etgan seminarda zamonaviy megapolislar muammolarini hal etish bo‘yicha Italiya tajribasi taqdim etildi.

“Toshkent- barqaror shahar” mavzusidagi seminar Italiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir doirasida UzLITI Engineering mutaxassislari poytaxt boshdan kechirayotgan muqarrar kuchli urbanizasiya jarayoniga qaramay barqaror shahar snesariysiga asoslangan holda harakatlanish doirasida italiya loyihalash tajribasi va yechimlari bilan tanishdi.

Toshkent kelajagini ko‘rish bo‘yicha fikrlar almashildi, qator arxitektura va muhandislik yechimlar, barqaror transport, shuningdek, mavjud innovasion texnologiyalarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar ta’kidlaganidek, bunday uchrashuvlar poytaxt va umuman megapolislarning jadal o‘sishi bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun zarur bo‘lgan vositalar bilan ta’minlanish imkoniyatini taqdim etadi.

Italiya tomonidan Carlo Ratti Associati va Massachusets texnologiyalar instituti vakili Karlo Ratti, Mikele Bonino va Nikola Russi (PoliTo), Simona Della Rokka (byuro BDR) larning taqdimotlari seminar dasturidan o‘rin oldi.

O‘zbek tomondan Qurilish va transport vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti vakillari mavzu yuzasidan chiqish qildi.

“Toshkentning rivojlanishi ko‘plab xalqaro ekspertlarning e’tibori va qiziqishini jalb qilmoqda, bu juda yaxshi. Seminar doirasida bir talay qiziqarli fikrlar bildirildi. Italiya tomonining bizni o‘rab turgan tabiat bilan arxitektura muhitini uyg‘unlashtirishga asoslangan loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqidagi konsepsiyasini alohida ta’kidlamoqchiman. Turli loyihalash yondashuvlari va uslubidagi turli xil loyihalar misol keltirildi. Xalqaro tajriba muhokamasiga asoslangan bunday seminarlar bugun juda zarurdir”, — deya ta’kidlaydi UzLITI Engineering mutaxassis Ruslan Abdullaev.