ru en uz

«Qon topshir — hayot inʼom et»!

1 uz.jpg

UzLITI Engineering kompaniyasining katta jamoasi turli xayriya tadbirlarida faol ishtirok etib keladi. Muqaddas Ramazon oyi arafasida loyihalash markazining 100 ga yaqin xodimlari Toshkent shahri «Qon preparatlari» IICHK bilan hamkorlikda «Qon topshir — hayot inʼom et!» shiori ostida o‘tkazilgan donorlik aksiyasida qatnashdilar.

2.jpg
3.jpg

Tadbir muhandislik kompaniyasi ofisida bo‘lib o‘tdi. 14 mart kuni u yerga «Qon preparatlari» IICHKning o‘nta mutaxassisidan iborat ko‘chma guruhi maxsus jihozlangan avtobusda yetib keldi. Binoda barcha tibbiy jarayonlarni sifatli darajada bajarish uchun oldindan barcha sharoitlar yaratildi. Donor bo‘lish istagini bildirgan xodimlar shu yerning o‘zida tegishli tekshiruvdan o‘tib, gematologlar konsultatsiyasini oldilar.

Qon preparatlariga muhtoj bo‘lgan ogʼir bemorlarning davolanishiga hissa qo‘shish istagi barcha ishtirokchilar uchun motivatsiya bo‘ldi. Tibbiy muassasa jamoasi va ko‘ngillilarning professionalligi tufayli yetkazib berish jarayoni aniq va samarali o‘tdi.

Tadbir yakunida har bir donorga elektron shaklda umumiy qon tekshiruvi natijalari berildi. 

4.jpg5.jpg

6.jpg

Аktsiya «Qon preparatlari» IICHK jamoasi nomidan UzLITI Engineering kompaniyasi vakili Mirgʼani Аbdullaevga tashakkurnoma topshirilishi bilan yakunlandi. Shuningdek, IIK direktori, tibbiyot fanlari doktori Zuhra Ubaydullaeva qonni qabul qilish va kasalxonalarga yetkazib berish jarayoni haqida maʼlumot berib, shifokorlar nomidan iliq so‘zlarni aytdi:

— Muhandislar va shifokorlarning hamkorligi yaxshi anʼanaga aylandi. Bunday xayriya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishdagi jonbozligi uchun UzLITI Engineering rahbariyati hamda xodimlariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

7.jpg