ru en uz

LOYIHANI AMALGA OSHIRISH DAVOM ETMOQDA


UzLITI Engineering qator yirik loyihalarni ishlab chiqishda, jumladan, Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida qurilayotgan MTO gaz-kimyo majmuasini qurishda ishtirok etmoqda.

Loyiha bosh muhandisi Aleksandr Mashchakevich bizga bu borada olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdi:

— Loyihalash markazi mutaxassislari tomonidan 2021-yildan buyon amalga oshirilayotgan vazifalar ro‘yxatiga asosiy loyihani ishlab chiqish va retsenziyalashni qoʻllab-quvvatlash, umumzavod xo‘jaligi obyektlarining ish hujjatlarini ishlab chiqish, umumiy zavod xo‘jaligining bino va inshootlarining ishchi loyihalari, shuningdek, asosiy sanoat jarayonini ishlab chiqish, xaridlar va komplektlashning muhandislik ta’minoti, mualliflik nazorati kabilar kiradi.


Hozirda loyihani ishlab chiqishga 219 nafar mutaxassis jalb etilgan bo‘lib, ular 2024-yil fevral oyi oxiriga kelib muayan hajmdagi ishlarni yakuniga yetkazdilar. Umumiy zavod xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha bajarilish holati 33 foizni tashkil etadi. Texnologiya qismida natija 50% dan ortiqni tashkil qiladi. Loyihalash bo‘yicha texnologik reglamentlar (BOD) barcha texnologik qurilmalar uchun berilgan, moddiy-issiqlik balanslari (HMB) 37 qurilmadan 32 tasi uchun (86,5), quvur va asboblar sxemasi va NO‘AvaA (P&ID) institut ish hajmida 37 ta texnologik qurilmadan 31 tasi uchun (84%) chiqarildi (27 ta qurilma uchun sxemalar (P&ID) ko‘rib chiqilishi bo‘yicha sessiyalar o‘tkazildi hamda ishlab chiqarishning ishchanligini tahlil qilish va xavfsizligini ta’minlash uchun hujjatlar (HAZOP) tayyor).


Bundan tashqari, tender uchun 41 ta mexanik uskunaga buyurtma spetsifikatsiyasidan (MR) 39 tasi (95%) va 131 ta mexanik uskunaga so‘rov varaqalaridan (MDS) 125 tasi (95%) berilgan. Ulardan 30 tasi (23%) yakuniy reviziyada (xarid uchun) berilgan. Uzoq muddatli ishlab chiqariladigan uskuna yetkazib beruvchilarning konstruktorlik hujjatlarini ko‘rib chiqish yakunlanmoqda (85,1% hujjatlar qabul qilingan). Subkritik uskunalar (P2) uchun konstruktorlik hujjatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.


Agar loyihaning montaj qismi haqida gapiradigan bo‘lsak, unda 3D-modelning 30% ko‘rib chiqildi. Uskunalarni joylashtirishning montaj rejalari 37 ta qurilmadan 29 tasiga (78%) berildi. Quvurlar uchun materiallar buyurtmasi (MTO) ro‘yxati birinchi reviziyada bajarildi, ikkinchi reviziya bajarilmoqda.

Qurilishga kelsak, bu yerda uzoq davrli ishlab chiqariluvchi uskunalar (LLI) uchun poydevorlarni ishlab chiqish yakunlanmoqda (70%). Ishlab chiqarishga berilgan temir-beton ishlarining umumiy hajmi 590,1 m3ni tashkil qiladi. Statik jihozlar (rezervuarlar, idishlar, issiqlik almashtirgichlar va boshqalar) uchun poydevorlarni ishlab chiqish boshlandi, sexlararo quvur estakadalari va umumiy zavod xo‘jaligi binolari uchun loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda.

Ishlar davom etmoqda.