ru en uz

Malakamizni birgalikda oshiramiz


UzLITI Engineering kompaniyasi o‘z xodimlarining malakasini oshirishga doimo katta e’tibor qaratib keladi. Kompaniya ichida xodimlarga yangi zarur bilimlarni o‘zlashtirishga va professional sohada yaxshi natijalarga erishishga yordam beradigan ko‘plab o‘quv kurslari tashkil etilgan.


Yaqinda loyihalash markazining past oqim tizimlari bo‘limining 21 nafar mutaxassisi «Autodesk Revit dasturiy ta’minotida ishlash» kursida o‘qitildi. Bu tizim arxitektorlar uchun zamonaviy va qulay vositalardan biridir. Ushbu mahsulot binolarni modellashtirish printsipini amalga oshiradigan avtomatik loyihalash funksiyasidan foydalanishga imkon beradi. Binoning qismlarini 3D modellashtirish, maxsus obyektlarni yaratish, loyihani boshqa mutaxasisslar bilan birgalikda yaratish kabi ko‘plab imkoniyatlar bilan ta’minlaydi.


— Revit ma’lumotlar bazasi binoning ishlab chiqish tsiklining turli bosqichlarida loyiha ma’lumotlarini o‘z ichiga olishi mumkin, — deydi BIM-loyihalash bo‘limining CAD-menejeri Maksim Alekseyev. — Ushbu mahsulotni o‘zlashtirish loyihalash hujjatlari bilan ishlaydigan barcha mutaxassislarga o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat yuritishda imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida loyihalash vaqtini qisqartiradi va turli qismlar nomuvofiqligi tufayli ba’zan yuzaga keladigan xatolar sonini kamaytiradi.


Haftada bir marta o‘tkazilgan kurs bir yarim oy davom etdi. Yakunida 7 nafar ishtirokchi kursni muvaffaqiyatli tugatgani uchun korporativ sertifikat bilan taqdirlandi. Kursning barcha bitiruvchilarini kasbiy malakasini va bilim darajasini oshirgani bilan tabriklaymiz!