ru en uz

Jamoa loyiha maydonida ishlamoqda!


Yuzaga keladigan turli xil masalalar kompaniya mutaxassislarining bevosita loyihalar qurilish maydonlarida boʼlishini talab etadi va shu tariqa koʼplab muammolar joyida hal qilinadi.

Bugun biz Olmaliq shahridagi misni boyitish fabrikasi (3-MBF) qurilish ofisida maxsus vazifalarni bajaradigan eleсtrotexnika guruhi xodimlari haqida hikoya qilamiz.



— Biz Tog‘ - kimyo loyihalari blokida «tezkor javob berish» guruhimiz, — deydi guruh rahbari Dmitriy Meleshko.

— 3-MBF qurilish maydonchasiga kelishimizdan maqsad — EPC (Engineering Procurement Construction) Manager jamoasi bilan elektr ta’minotini loyihalash bo‘yicha masalalarni birgalikda hal qilish edi. Hozirgi vaqtda zavod qurilishiga parallel ravishda loyihalash ishlari olib borilmoqda, bu esa biz hal qiladigan turli xil parametrlarni muntazam ravishda muvofiqlashtirishni talab qiladi.



Jumladan, vazifalarimizdan biri — amalga oshirilgan ishlar holati va qurilish guruhining ehtiyojlari haqidagi dolzarb ma’lumotlarni UzLITI Engineering loyihalash ofisiga yetkazish. Bunday koordinatsiya texnik yechimlar va ishchi hujjatlarni o‘z vaqtida uzatishga yordam beradi, bu esa loyihani tezkor amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Misol sifatida, EPCM jamoasi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish bosqichlarini hisobga olgan holda kabel estakadalarini yotqizish, vaqtinchalik elektr ta’minoti uchun transformator podstansiyasini o‘rnatish imkoniyatini aniqlash, mavjud havo elektr uzatish liniyalariga ulanish imkoniyatini aniqlash uchun bevosita qurilish maydonchalariga ko‘plab otlanamiz. Bundan tashqari, aniqlangan muammoli masalalarni hal qilish borasida majlislar o‘tkazamiz.


Hamkasblarimizga barcha maqsadlarga erishishda va barcha rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilaymiz.