ru en uz

Welcome training bo‘lib o‘tdi


UzLITI Engineering kompaniyasida Belarus, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlaridan tashrif buyurgan hamda mahalliy 11 nafar mutaxassis uchun an’anaviy «Welcome training» o‘tkazildi. Tadbir Ma’muriy bo‘lim xodimlari boshchiligida o‘tdi, ular yangi ishchilarni loyihalash markazining yaratilish tarixi, uning rivojlanishi, yutuqlari, shuningdek ichki etika va qoidalar bilan tanishtirdilar.


— UzLITI Engineering faoliyati uchun jamoa ham qiziqarli, ham mazmunli vaqt o‘tkazishi  muhim ahamiyatga ega, — deydi xodimlarni yollash va moslashtirish bo‘yicha mutaxass Ramina Gaynutdinova. — Loyihalash markazi ofisda ishlash uchun qulay sharoit yaratadi, xorijdan kelayotgan mutaxassislarga notanish yangi joyda joylashishga yordam beradi. Hozirgi paytda bizda 1100 dan ortiq kishi ishlamoqda va bu son kundan-kunga o‘sib bormoqda. Yaqinda esa jamoamiz Germaniya, Gruziya, Ispaniya va Qirg‘izistondan kelgan xodimlar bilan yanada kengaydi. Bu samarali hamkorlik qilish, hamkasblar o‘rtasida tajriba almashish va kompaniyaning umumiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.


«Welcome training» yangi kelgan xodimlarga qisqa vaqt ichida kompaniyaning ichki tartiblari, nizomi, ish jarayoni, mavjud o‘quv kurslari haqida ma’lumot olishga, bo‘limdagi hamkasblar hamda boshqa omillar bilan tanishishga yordam beradi.



Biz yangi xodimlarni O‘zbekistonning yetakchi loyihalash markazlaridan birida samimiy qutlaymiz va ularga loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘z ustida ishlash va katta cho‘qqilarni zabt etish yo‘lida omad tilab qolamiz!