ru en uz

YUGURISH BOʼYICHА XАYRIYA MUSOBAQASI O‘TKAZILDI


UzLITI Engineering mutaxassislarining turli xayriya tadbirlarida ishtirok etishi yaxshi an’anaga aylangan. Navbatdagi tadbir ko‘krak saratoniga qarshi kurashga bag‘ishlangan Bella Run yugurish musobaqasi bo‘ldi. Bu o‘ziga xos tadbir bo‘lib, odamlarni ushbu og‘ir kasallikka qarshi kurashayotganlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berishdek muhim missiya atrofida birlashtiradi.


Ishtirokchilar orasida shu kuni kasallikka qarshi kurashga o‘z hissalarini qo‘shishga qaror qilgan loyiha markazining o‘n nafar vakili ham bor edi.



— Aksiyada ishtirok etish mening yugurish bo‘yicha ilk tajribam bo‘ldi, — dedi Dmitriy Tolstik, GXPB elektrotexnika guruhining elektr ta’minoti bo‘yicha yetakchi muhandisi. — Men rafiqam Yekaterina bilan birga yugurdim. Musobaqa ishtirokchilarining ko‘pligi va tadbirda hukm surgan muhit meni hayratda qoldirdi — hamma uning ahamiyatini chuqur his qilgan va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj odamlarga yordam berishning haqiqiy imkoniyati yaratilganidan ruhlangan edi. Men o‘zim Belarus Respublikasidanman va o‘zbek xalqining bunday muammolarga munosabati meni yaxshi ma’noda hayratga soldi.


Musobaqa davomida yig‘ilgan barcha mablag‘lar xayriya ishlariga o‘tkazildi. Ishtirokchilarga esa esdalik sovg‘alari — medallari, tadbir ramzi tushirilgan futbolka va ryukzaklar topshirildi.