UzLITI Engineeringda yaqin va uzoq xorijiy 14 ta mamlakat vakillari faoliyat olib boradi.
Bugungi kunda son bo‘yicha Hindiston-97 nafar, Ukraina 76 nafar va Qozog‘iston 66 nafar vakillari yetakchilik qilmoqda.
2017 yilda UzLITI Engineeringga birinchilardan bo‘lib Ukraina, Hindiston va Rossiyadan, 2018 yilda Nikaraguadan, 2020 yilda Qozog‘iston, Belarus va Misrdan, 2021 yilda Gruziya va Tojikistondan vakillar jalb etilgan. Joriy yilda kompaniya qatorlarini Turkiya, Eron, Ozarbayjon va Germaniya mutaxassislari to‘ldirdi.